MA’NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR – BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING MUHIM OMILI
Keywords:
ma’naviyat, axloq, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, barkamol avlod, tarbiya, shaxs, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, insonparvarlik, axloqiy fazilatlar, ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning shaxs dunyoqarashi, xulq-atvori, ijtimoiy mas’uliyati va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, oilada, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim hamda jamiyatda yoshlarning axloqiy fazilatlarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligi barkamol shaxsni shakllantirishning muhim pedagogik sharti sifatida asoslanadi. Zamonaviy axborot makonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy immunitetini mustahkamlash, ularda mustaqil fikrlash, vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik va mas’uliyat kabi fazilatlarni rivojlantirish zarurati ko‘rsatib beriladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir. – Toshkent, 2023.
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
5. Forobiy A.N. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.


