BIOSTIMULYATORLAR VA INSEKTITSIDLARNI BARG ORQALI QO‘LLASHNING G‘O‘ZANING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA FIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Keywords:
g‘o‘za, S-8296, biostimulyator, insektitsid, Avangard Start, Gulliver, Antikolorad Maks, barg sathi, quruq massa, gullash dinamikasi.Abstract
Maqolada Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning S-8296 navida yangi biostimulyatorlar va insektitsidlarni barg orqali yakka tartibda hamda birgalikda qo‘llashning o‘sish, rivojlanish va fiziologik ko‘rsatkichlarga ta’siri tahlil qilindi. 2023–2025-yillarda o‘tkazilgan dala tajribalarida Avangard Start, Gulliver, Universal va Antikolorad Maks preparatlari hamda ularning kombinatsiyalari o‘rganildi. Gulliver (1,0:1,5:2,0 l/ga) variantida bosh poya balandligi 107,9 sm, biologik quruq massa 111,0 g/tup va gullashning yakuniy bosqichida 77,4 % ko‘rsatkich qayd etildi. Avangard Start (1,0:1,5:2,0 l/ga) variantida hosil shoxlari soni 6,7 dona/tupni tashkil etdi. Barg sathining eng yuqori ko‘rsatkichi Antikolorad Maks qo‘llangan variantda 2600 sm²/tup bo‘ldi. Avangard Start + Gulliver kombinatsiyasida ko‘chatlarning saqlanuvchanligi 99,8 % ga yetdi. Olingan natijalar preparatlarning turi, me’yori va qo‘llash usuli g‘o‘zaning morfofiziologik jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi.
References
1. Ibragimova D.Q. Effectiveness of new biostimulants and insecticides against the cotton bollworm // Eureka Journal of Agricultural Science & BioInnovation. 2025. Vol. 1, Issue 1. P. 23–28.
2. Ibragimova D.Q., Davronov Q.A. Bargdan oziqlantirish orqali g‘o‘za hosildorligini oshirishda biostimulyatorlar va insektitsidlarning o‘rni // Agro kimyo, himoya va o‘simliklar karantini. Toshkent, 2025. №5. B. 331–334.
3. Ibragimova D.Q., Davronov Q.A., Abdullayeva G.A. Yangi biostimulyatorlar va insektitsidni qo‘llash usullarining g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri // Agro kimyo, himoya va o‘simliklar karantini. Toshkent, 2025. №2. B. 180–182.
4. Ibragimova D.Q., Davronov Q.A. The effect of new biostimulants and insecticides on seed germination energy and viability under field and laboratory conditions // International Conference on Developments in Education (ICDE). Delhi, India, 24 September 2025.
5. Dala tajribalarini o‘tkazish uslubiyatlari. Toshkent, 2007.
6. Dospexov B.A. Методика полевого опыта. Москва, 1985.
7. Методика Государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур. Москва: Колос, 1964.
8. O‘sishni sozlovchi moddalarni davlat sinovidan o‘tkazish bo‘yicha qisqacha uslubiy ko‘rsatmalar. Moskva, 1984.


