RAQAMLI MAKONDA AXBOROT ERKINLIGI VA DAVLAT XAVFSIZLIGI O'RTASIDAGI HUQUQIY MUVOZANAT MUAMMOLARI
Abstract
Ushbu tezisda raqamli makonda axborot erkinligi va davlat xavfsizligi o‘rtasidagi huquqiy muvozanatni ta’minlash muammolari tahlil qilinadi. Xalqaro va milliy huquq normalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni asosida cheklashlarning qonuniyligi, zarurligi va mutanosibligi masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda axborot erkinligini haddan tashqari cheklashning demokratiyaga tahdidi va xavfsizlikni ta’minlash bahonasida huquqiy asossiz aralashuvlar xavfi yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, muvozanatni saqlash uchun mustaqil sud nazorati, shaffoflik va xalqaro standartlarga asoslangan yondashuv zarur.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasi. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida qonun.
3. John Stuart Mill. On Liberty. London: John W. Parker and Son, 1859.
4. Thomas Emerson. The System of Freedom of Expression. New York: Random House, 1970.


