O‘ZBEK XALQ DOSTONI “ALPOMISH” VA INGLIZ XALQ BALLADALARIDA ROBIN HOOD OBRAZI: QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLIL
Abstract
Mazkur maqolada Alpomish dostoni va Robin Hood haqidagi balladalar qiyosiy-tipologik yondashuv orqali tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi epik matnlarda qahramon arxetipi, adolat tushunchasi va ijtimoiy idealning badiiy shakllanish mexanizmlarini aniqlashdir. Struktur-semantik, komparativ va diskursiv metodlardan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, har ikki epik an’anada ideal qahramon va adolat tushunchasi mavjud, ammo ular turli tarixiy-madaniy kontekstda farqlanadi. Alpomish jamiyat barqarorligini mustahkamlovchi integrativ qahramon sifatida, Robin Hood esa ijtimoiy tenglik va qarshilik ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. Formulaviy poetika va ayol obrazlari har ikki matnda epik strukturaning muhim qismi sifatida xizmat qiladi.
References
1. Alpomish / H. Zarif. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1998. – 400 b.
2. Child F. J. The English and Scottish Popular Ballads. – Boston: Houghton, Mifflin and Company, 1882–1898. – Vol. 1–5.
3. Imomov K. O‘zbek xalq og‘zaki poetikasi. – Toshkent: Fan, 2005. – 256 b.
4. Vladimir Propp. Morfologiya skazki. – Moskva: Nauka, 1969. – 168 s.
5. Alan Dundes. Interpreting Folklore. – Bloomington: Indiana University Press, 1980. – 312 p.
6. Muratxodjayeva, F. X. (2026). EMOTSIONAL-EKSPRESSIV LEKSIKANING DISKURSIV-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA INSON RUHIYATINING VERBAL TASVIRI. Latin American journal of education, 6(3), 10-16.
7. MURATKHODJAEVA, F. (2025). MILLIY MADANIYAT VA HISSIY LEKSIKA: KONSEPTUAL YONDASHUV. «ACTA NUUz», 1(1.7), 257-259.
