AN`ANAVIY MAVZU DOIRASIDA POETIK IFODANING YANGILANISHI
Abstract
Erpo‘lat Baxtning ko`plab she`rlaridan qadim Xorazm vohasining, Amu suvlarining, navqiron gujumlarning salqin nafasini, ajib bir yengillikni tuyasiz. Shoirning “Shodlik hidi” she`riy to‘plamiga kirgan turkum she`rlarda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, vatanga muhabbat, faxr-iftixor, ertangi kunga ishonch, ezgu orzular, mehmondo‘stlik, mehnatsevarlik, bolajonlik, halollik, yaxshilik kabi milliy-mental g‘oyalarning umuminsoniy miqyos kasb etishini ko‘rish mumkin. An`anaviy mavzu doirasida poetik ifodaning yangiligi, xalqona ohangning milliylik, vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan holda baxshi bola tilidan ifodalanishida ko‘rinadi. She`rning asosiy g‘oyasi – vatanparvarlik. Boshqa barcha yondosh g‘oyalar uning tarmoqlari bo‘lib, markaziy g‘oyani yanada yorqinroq ifodalashga xizmat qilgan. Shoir xalqimizga xos bolajonlik fazilatlarini kelajak va sho‘x bola detallariga ishora qilish orqali o‘ziga xos ifodalagan.
References
Эрпўлат Б. Шодлик ҳиди. – Тоshkеnt: Академнашр, 2011. - Б. 14.
Baxt, Erpo‘lat. Shodlik hidi (she’rlar, dostonlar va ertak). - T.: Akademnashr, 2011. – B.11.
