RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING IJODIY VA TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitining talabalarda ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga jadal kirib kelishi natijasida talabaning axborotni qabul qiluvchi subyektdan uni izlovchi, tahlil qiluvchi, baholovchi va yangi bilim yaratuvchi faol subyektga aylanishi uchun yangi pedagogik sharoitlar yuzaga kelmoqda. Shu bilan birga, raqamli vositalarning mavjudligi o’z-o’zidan yuqori darajadagi fikrlashni shakllantirmasligi, balki ularni maqsadli pedagogik metodlar bilan uyg’unlashtirish zarurligi asoslanadi. Maqolada raqamli ta’lim muhitida talabaning mustaqil izlanishi, muqobil yechimlarni ishlab chiqishi, axborotning ishonchliligini baholashi va o’z qarorini dalillar asosida himoya qilishi uchun zarur pedagogik shartlar taklif etiladi.
References
1. Tolipov O’., Ro‘ziyeva D. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021. — 276 b.
2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. — Toshkent: Iste’dod, 2008. — 180 b.
3. Sharapova Z.F. Ta’lim texnologiyalari. — Toshkent: Navro‘z, 2019. — 340 b.
4. Anorqulova G.M. Ta’lim texnologiyalari. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021. — 228 b.
5. Musurmonova O., Isakulova N., Jumaniyozova M., Jumayev A. Umumiy pedagogika. II qism. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020. — 194 b.
6. Xajiyeva D.A., Abdikarimova F.B. Tanqidiy fikrlash nazariyasi va metodikasi. — Urganch: Milleniumus print, 2026. — 170 b.
