ARALASH TEMIRBETON-METALL KONSTRUKTIV TIZIMLI BINOLARNING SEYSMIK TA’SIR OSTIDAGI HISOBIY MODELINI SHAKLLANTIRISH VA TADQIQ ETISH

Authors

  • Qalandarov Siroj Uktam o’g’li Samarqand davlat texnika universiteti, "Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar" ixtisosligi mustaqil izlanuvchisi. [email protected] Author

Keywords:

ankerli birikma, aralash konstruksiya, gibrid karkas, LIRA-SAPR, metall ferma, seysmik yuklama, temir-beton ustun, xususiy tebranish davri, absolyut qattiq jism, kondensatsiya mass.

Abstract

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi quyi qismlari monolit temir-beton karkasdan, tom yopish qismi esa poʻlat metall konstruksiyali fermalardan tashkil topgan yirik oraliqli aralash tizimli binolarning statik va dinamik seysmik yuklamalar ostidagi chiziqli hamda burchakli deformatsiyalarini va bunday tizimlarni zamonaviy dasturiy majmualarda modellashtirishning oʻziga xos ilmiy-metodik prinsiplarini tadqiq etishdan iborat. Tadqiqot obyekti sifatida rejadagi oʻlchamlari 49.6x39.6 m boʻlgan bir qavatli sanoat binosining III toifali murakkab seysmik grunt sharoitidagi holati tanlanib, uning fazoviy modeli ПК "LIRA-SAPR" dasturiy majmuasida chekli elementlar usuli (ChEU) yordamida modellashtirilgan. Modellashtirishda poʻlat fermalarning monolit toʻsinlarga sharnirli birikishini taʼminlash uchun universal ChE10 elementlaridan va absolyut qattiq jism (AQJ) funksiyalaridan foydalanildi, seysmik massalar nomutanosibligini bartaraf etish uchun esa "kondensatsiya mass" algoritmi tatbiq etildi. Matematik modellashtirish va dinamik tahlillar natijasida binoning 9 va 10-dinamik yuklamalar (X va Y oʻqlari) taʼsiridagi maksimal gorizontal koʻchishi mos ravishda 47.0 mm va 26.4 mm ni tashkil etishi aniqlandi, poydevor ostidagi grunt zaminining maksimal choʻkishi 3.21 mm oraligʻida turgʻunlashdi. Olingan raqamli koʻrsatkichlar QMQ 2.01.03-19 normativ hujjati talablariga (chegaraviy koʻchish f=114.3 mm) toʻliq mos kelishi (xavfsizlik zaxirasi 2.2 barobardan yuqori), aralash karkasli binolarda har xil elastiklik moduliga ega materiallar tutashgan joylarda massalarni kondensatsiyalash texnologiyasi seysmik kuchlarni qabul qilishda 90% dan yuqori aniqlik andozasini taʼminlashi hamda poʻlat fermalarning faqat yuqori belbogʻi boʻylab gorizontal bogʻlamlar oʻrnatish yetarli ekanligi amaliy jihatdan isbotlandi.

References

1. QMQ 2.01.03-19. Seysmik hududlarda qurilish / O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. – Toshkent: Qurilishme’yoritiqshish, 2019. – 150 b.

2. QMQ 2.03.01-24. Beton va temir-beton konstruksiyalar. Loyihalash normalari / O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. – Toshkent, 2024.

3. SHNQ 2.01.07-21. Yuklar va ta’sirlar / O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. – Toshkent, 2021.

4. ShNQ 2.03.05-23. Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash me’yorlari / O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. – Toshkent, 2023.

5. ПК ЛИРА-САПР. Книга 1. Основы программного комплекса "ЛИРА-САПР" / Барабаш М.С., Лазнюк М.В., Мартынова Г.В. – Киев-Москва: Электронное издание, 2021. – 320 с.

6. Рашидов Т. Р. Динамическая теория сейсмостойкости сложных систем подземных сооружений. – Ташкент: Фан, 1973. – 280 с.

Downloads

Published

2026-09-25