YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASINING HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI
Abstract
Mazkur maqolada yosh davrlari psixologiyasining shaxsda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish jarayonidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Unda shaxsning ontogenetik rivojlanish bosqichlari, yoshga xos psixologik xususiyatlari, kognitiv, emotsional-qadriyatli va xulq-atvor komponentlarining huquqiy tasavvurlar, huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va huquqiy xulq-atvor rivojiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va ilk yetuklik davrlarida huquqiy ongning shakllanish dinamikasi hamda ushbu jarayonda oila, ta’lim muassasalari va ijtimoiy muhitning psixologik-pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqotda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy tarbiyani differensiallashtirish, shaxsning huquqiy mas’uliyatini rivojlantirish va qonuniy xulq-atvor motivlarini mustahkamlashning ilmiy-metodik asoslari asoslangan. Maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning samaradorligi shaxsning yosh davriga xos psixologik mexanizmlarni chuqur o‘rganish va ulardan maqsadli foydalanish bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan.
References
1. G‘oziyev E.G‘. Ontogenez psixologiyasi. – Toshkent: Noshir, 2023.
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022.
3. Lex.uz Huquqshunoslik. Darslik / Mualliflar jamoasi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nashriyoti.
4. Lex.uz Davlat va huquq nazariyasi. Darslik / Mualliflar jamoasi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nashriyoti.
5. Lex.uz Huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar.
6. Lex.uz O‘zbekiston Respublikasida jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi. – Toshkent.
