O‘ZBEK TILIDA GENDER KATEGORIYASINING NOMINATIV VOSITALARI
Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek tilida gender kategoriyasining nominativ vositalar orqali ifodalanishi, genderga xoslangan birliklarning leksik-semantik, funksional-pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari tadqiq etiladi. O‘zbek tilida grammatik jins kategoriyasi alohida grammatik paradigma sifatida mavjud bo‘lmasa-da, shaxsning biologik jinsi, ijtimoiy roli, qarindoshlik munosabati, kasbiy faoliyati hamda jamiyatdagi mavqeini ifodalovchi ko‘plab nominativ birliklar mavjud. Tadqiqotda gender ma’nosini bevosita va bilvosita ifodalovchi birliklar, qarindoshlik terminlari, shaxs nomlari, kasb-hunar nomlari va murojaat shakllarining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi.
References
1. Cameron D. Gender and Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 2005.
2. Corbett G.G. Gender. – Cambridge: Cambridge University Press, 1991.
3. Maslova V.A. Lingvokulturologiya. – Moskva: Akademiya, 2001.
4. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1992.
5. Hojiev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002.
