OʻQUV YURTLARIDA RAQAMLI VA SUNʼIY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISH AMALIYOTI: OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA OʻTKAZILGAN SOʻROV NATIJALARI
Keywords:
ingliz tili oʻqitish metodikasi, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, kommunikativ kompetensiya, produktiv koʻnikmalar.Abstract
Oʻquv yurtlarida ingliz tili oʻqitish jarayoniga raqamli platformalar va sunʼiy intellekt (SI) vositalari jadal kirib keldi. Amaliy kuzatishlarimiz shuni koʻrsatadiki, oʻqituvchilar ulardan, ayniqsa, test topshiriqlarini tayyorlashda faol foydalanmoqda, biroq generatsiya qilingan materiallar koʻp hollarda tekshirilmasdan darsga olib kiriladi. Bu esa metodik muammolarni keltirib chiqaradi: SI hozircha autentik oʻqish testlarini yarata olmaydi — savollarning javobini matnni tushunmasdan ham taxmin qilish mumkin; talaffuzni baholashda oʻqituvchilar foydalanayotgan vositalar oʻquvchining nutqini emas, uning yozma shaklga oʻgirilgan matnini tahlil qiladi; baholashda esa real imtihon oluvchi eʼtiborsiz qoldiradigan mayda xatoliklar jiddiy kamchilik sifatida koʻrsatiladi. Ayni paytda leksik topshiriqlar tayyorlashda SI samarali natija bermoqda.
References
1. Jeon E.-Y. Artificial Intelligence in ESL/EFL Education: Evidence from Recent Reviews (2024–2025) // International Journal of Learning, Teaching and Educational Research. 2025. Vol. 24. No. 10. – P. 509–526.
2. Zhang Z., Aubrey S., Huang X., Chiu T. Generative AI and hybrid feedback in improving L2 writing skills: a comparative study // Innovation in Language Learning and Teaching. 2025.
3. Zhai C., Wibowo S., Li L. The effects of over-reliance on AI dialogue systems on students’ cognitive abilities // Smart Learning Environments. 2024. Vol. 11. No. 28.
4. Ngo T., Chen H., Lai K. The effectiveness of automatic speech recognition in ESL/EFL pronunciation: A meta-analysis // ReCALL. 2024. Vol. 36. No. 1. – P. 4–21.
5. Cámara-Arenas E., Tejedor-García C., Tomas-Vázquez C., Escudero-Mancebo D. Automatic pronunciation assessment vs. automatic speech recognition // Language Learning & Technology. 2023. Vol. 27. No. 1.
6. Nurtaeva Z. Ingliz tilini oʻqitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari // Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika. 2025. Vol. 3. No. 7. – B. 170–177.
