O‘ZBEK TILIGA CHETDAN KIRIB KELGAN SO‘ZLARNING ETiMOLOGIK VA EVOLYUTSION TAHLILI
Abstract
O‘zbek tili leksikasining shakllanishida o‘zlashgan qatlamning o‘rni va tarixiy evolyutsiyasi o‘ziga xos murakkab lisoniy jarayondir. Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining lug‘at tarkibi asrlar davomida boshqa xalqlar bilan olib borilgan iqtisodiy, madaniy va siyosiy munosabatlar ta’sirida boyib borgan. Tarixiy ketma-ketlikda birinchi yirik qatlamni fors-tojik tillaridan kirib kelgan so‘zlar tashkil etadi. Ikki xalqning yonma-yon yashashi natijasida parda, bino, go‘sht, do‘st kabi maishiy va ijtimoiy tushunchalar tilga chuqur singib ketdi. Keyingi eng yirik qatlam arabizmlar bo‘lib, bu jarayon VII-VIII asrlarda islom dinining qaror topishi bilan boshlandi. Kitob, maktab, ilm, adolat, iymon kabi so‘zlar o‘zbek adabiy tilining fundamental asosiga aylandi. Arabcha so‘zlar o‘zbek tilining fonetik tabiatiga moslashib, lisoniy transformatsiyani bosib o‘tdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa rus tili va u orqali yevropa tillaridan vagon, teatr, gazeta, zavod kabi texnikaviy va maishiy tushunchalar kirib keldi. Bugungi globallashuv asrida esa internet, smartfon, marketing kabi inglizcha terminlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tez sur’atlarda iste’molga kirmoqda. Xulosa qilib aytganda, o‘zlashgan qatlam o‘zbek tilining lug‘at tarkibini boyitib, uning fan-techika taraqqiyoti bilan hamqadam bo‘lishini ta’minladi. Muhimi, chetdan so‘z qabul qilish jarayonida milliy tilning tabiati, grammatik o‘zagi va talaffuz qonuniyatlari saqlab qolinishi lozim.
References
1. Rahmatullayev, Shavkat. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. – Toshkent: Universitet, 2000.
2. Begmatov, Ernst. O‘zbek tili leksikasining shakllanishi va taraqqiyoti muammolari. – Toshkent: Fan, 1985.
3. Do‘simov, Z., Egamov, X. Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
4. Tursunov, U., Muxtorov, J., Rahmatullayev, Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
5. Mengliyev, Baxtiyor. Hozirgi o‘zbek tili (Leksikologiya bo‘limi). – Toshkent: Tafakkur, 2018.
