TEMURBEKLAR MAKTABI O‘QUVCHILARIDA LIDERLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Alijonov Muhammadali Diyorjon o‘g‘li Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Author

Keywords:

liderlik kompetensiyasi, Temurbeklar maktabi, harbiy-akademik litsey, pedagogik model, rotatsion sardorlik, “Temur tuzuklari”, debrifing, “360 daraja” baholash.

Abstract

Maqolada “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilarida liderlik kompetensiyasini rivojlantirish muammosi tadqiq etilgan. Tadqiqot nazariy-konseptual dizayn asosida bajarilib, unda me’yoriy-huquqiy hujjatlar, xorijiy harbiy yetakchilik doktrinalari, xalqaro ta’lim siyosati hujjatlari va liderlikka oid empirik tadqiqotlar tanqidiy va qiyosiy tahlil qilingan hamda pedagogik modellashtirish usuli qo‘llanilgan. Natijada liderlik kompetensiyasining mualliflik ta’rifi va besh komponentli tuzilmasi (motivatsion-qadriyatli, kognitiv, kommunikativ-tashkilotchilik, irodaviy mas’uliyatli, refleksiv-baholovchi) asoslangan; olti blokli va uch bosqichli pedagogik model, rotatsion sardorlikning “vakolat zinapoyasi” hamda to‘rt mezon va integral ko‘rsatkichga tayangan baholash tizimi ishlab chiqilgan. Harbiy-akademik muhitning ierarxik tuzilishi liderlik tarbiyasiga to‘siq emas, balki vakolatni bosqichma-bosqich kengaytirish resursi sifatida talqin qilingan. Maqola yakunida modelning empirik aprobatsiyasi rejasi va tadqiqot cheklovlari keltirilgan.

References

1. The Future of Jobs Report 2023. Chapter 4: Skills outlook. – Geneva: World

Economic Forum, 2023.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid

davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4375-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.

4. Stogdill R.M. Personal factors associated with leadership: A survey of the literature // Journal of Psychology. – 1948. – Vol. 25. – P. 35–71.

5. Hersey P., Blanchard K.H. Life cycle theory of leadership // Training andDevelopment Journal. – 1969. – Vol. 23, №5. – P. 26–34.

6. Bass B.M. From transactional to transformational leadership: Learning to share the vision // Organizational Dynamics. – 1990. – Vol. 18, №3. – P. 19–31.

Downloads

Published

2026-10-14