INVENTARIZATSIYA O`TKAZISH JARAYONLARINING AHAMIYATI VA TASNIFLANISHI
Abstract
,,O`zbekiston-2030’’ strategiyasida 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va ,, daromadi o`rtachadan yuqori davlatlar ‘’ qatoriga kirish , mamlakatda kambag`allik darajasini qisqartirish , aholini daromadli mehnat bilan band qilish ‘’[1] kabi ustuvor maqsadlar belgilab qo`yilgan . Milliy hisob tizimida inventarizatsiya o`tkazish jarayonlari va natijalatrini rasmiylashtirish shuningdek , uni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibining nazariy , tashkiliy va uslubiy jihatlari umumiy asoslarda berilgan bo`lib , bugungi kunda ularni MHXSga uyg`unlashtirish va hisobini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda . Shu bilan birga , tadbirkorlik subyektlari ( aksiyadorlik jamiyatlari , tijorat banklari , sug`urta tashkilotlari va yirik soliq to`lovchilar toifasiga kiradigan yuridik shaxslar ) tomonidan 2021-yil 1-yanvardan MXHS asosida buxgalteriya hisobini tashkil etilishi va moliyaviy hisobotni tayyorlashi belgilangan . Bu esa tadbirkorlik subyektlari va barcha xo`jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining asosiy usullaridan biri bo`lgan inventarizatsiyani to`g`ri o`tkazish va natijalarini moliyaviy hisobotlarda aks ettirishni takomillashtirish zaruratini yaqqol ochib beradi .
