FUTBOL FENOMEN SIFATIDA: MAZMUN-MOHIYAT

Authors

  • Irmatov Dilyor Yunusbekovich Farg‘ona davlat universiteti falsafa kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Author

Abstract

Futbol bugungi kunda dunyodagi eng ommabop va keng tarqalgan sport turlaridan biri hisoblanadi. U nafaqat sport musobaqasi, balki ijtimoiy, madaniy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan murakkab ijtimoiy hodisa sifatida ham e’tirof etiladi. Millionlab insonlar futbol bilan shug‘ullanadi, uni tomosha qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi. Futbolning jahon miqyosidagi ommaviyligi uning jamiyat hayotining turli sohalariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.Har qanday ijtimoiy hodisani chuqur anglash uchun uning kelib chiqishi va rivojlanish tarixini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan futbolning genezesi, ya’ni paydo bo‘lish manbalari va shakllanish jarayonlarini tahlil qilish dolzarb masalalardan biridir. Futbolning ilk ko‘rinishlari qadimgi Xitoy, Yunoniston, Rim hamda boshqa sivilizatsiyalar tarixida uchraydi. Turli xalqlarning to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlari keyinchalik zamonaviy futbolning shakllanishiga zamin yaratgan. XIX asrga kelib Angliyada futbol qoidalarining standartlashtirilishi natijasida ushbu o‘yin mustaqil sport turi sifatida rivojlana boshladi.

Futbolning evolyutsiyasi uning mazmun va mohiyatida yuz bergan o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Dastlab oddiy jismoniy mashg‘ulot va hordiq chiqarish vositasi sifatida qaralgan futbol vaqt o‘tishi bilan professional sport turi, xalqaro musobaqalar tizimi va yirik ijtimoiy institutga aylandi. Zamonaviy futbol yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda taktik fikrlash, strategik rejalashtirish va jamoaviy hamkorlikni ham talab etadi. Shu sababli futbolning rivojlanish jarayonini faqat sport nuqtai nazaridan emas, balki ijtimoiy-falsafiy, pedagogik va madaniy jihatlardan ham o‘rganish zarur.Bugungi kunda futbol yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularda vatanparvarlik, intizom, mas’uliyat va jamoaviylik kabi fazilatlarni shakllantirishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, futbol mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, milliy g‘urur va birdamlikni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Jahon futbolida ilm-fan va texnologiyalar yutuqlarining keng qo‘llanilishi esa ushbu sport turining yanada takomillashib borayotganidan dalolat beradi.Mazkur maqolaning maqsadi futbol tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berish, uning tarixiy genezesi va evolyutsion rivojlanish bosqichlarini ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yoritishdan iboratdir.

References

1. Имомхўжаев А. Футбол – қувончим, дардим, фахрим: Монография. Тошкент: Шарқ, 1996. 205 б.; Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Тошкент: Университет, 1998. 38 б.; Ходжаев П., Туленова А., Ниёзов А., Ережепов А. Футбол сабоқлари. Тошкент. 2013. 155 б.; Султонов Ш. У. Футбол ўйининг пайдо бўлиш ва ривожланиш тарихи. Тошкент. 2014. 77 б.; Юлдашев М. (М. Шукурзода). Ўзбек футболи, кеча, бугун, эртага. Тошкент: Шарқ пресс, 2015. 158 б.; Аҳмедов О. Орзунинг шонли йўли-Тошкент: Янги китоб, 2021. –Б. 150.

2. Clinton David Godfrey. Attitudes Towards Education in a Professional Football Academy: The Scholars’ Perspective. University of Central Lancashire. 2017. 249 p.

3. Christiane Eisenberg(Hg.). Fußball, soccer, calcio. Ein eng-lischer Sport auf seinem Weg um die Welt. München, 1997.

4. Pierre Lanfranchi, Matthew Taylor. Moving with the Ball. The Migration of Professional Footballers. Oxford, 2001.

5. С. Тукманов Особенности трудо правового статуса профессионального футболиста. Дисс. Авторефат. Москва. 2007; М.Митрафанов. Управление профессиональными футболными клубами. Дисс.. автореф... Санкт-Петербург. 2011; П. Горюнов. Формальные и неформальные структуры в среде футбольных болельщиков Санкт-Петербурга. Дисс.. автореф... Санкт-Петербург. 2015; И.Новикова. Дворовый футбол как фактор формирования социального капитала подростковв условиях современного города. Дисс.. автореф. Саратов. 2010.

6. Патрик фон Лиувен. Философия футбола. Киев: Издать книгу, 2022. 1360 с. Е.А. Литинская. Аксиология спорта высших достижений в современном обществе. Дисс.. автореф.. Москва. 2013; С.И. Курило. Социально-философская концепция международного спорта. Дисс... автореф... Нижний Новгород. 2000; С.Н. Алёшина. Актуализация возможностей человека в современном спорте: социально- философские аспекты. Дисс… автореф. – Таганрог. 2008.

7. В.Е. Даев. Оптимизация спортивного отбора и ориентации футболистов по игровым амплуа на этапе углубленной специзации. Дисс.. автореф… Махаловка. 2007; Аль Овайдат Раид. Комплектование игровых линий в детско-юношеских футболных командах на основе комплаксной оценки подготовленности спортсменов. Дисс.. автореф.. Волгоград. 1999; А.А. Шамардин. Целевая функциональная подготовка юных футболистов. Дисс.. автореф.. Волгоград. 2009.

8. Hannah J. Fudball in England und Deutschland von 1961 bis 2000. – Bonn, 2020. – Р. 50.

9. Амир Темур. Темур тузуклари.... – Б. 27.

10. Martin Rooney. Coach to Coach. – New Jersey: Wiley, 2020. – Р. 100.

Downloads

Published

2026-07-10