INFLYATSIYA DAVRIDA SHAXSIY BYUDJETNI REJALASHTIRISH VA BIRINCHI INVESTITSIYALAR

Authors

  • Sobirjonova Omina Nizomiy nomidagi O‘zMPU Tarix fakulteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Author

Abstract

Ushbu maqolada inflyatsiya sharoitida shaxsiy byudjetni samarali rejalashtirish, daromad va xarajatlarni muvozanatlashtirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari yoritilgan. Inflyatsiya natijasida pul mablag‘larining xarid qobiliyati pasayishi shaxsiy moliyaviy qarorlarni oqilona qabul qilish zaruratini oshiradi. Maqolada byudjet tuzish, xarajatlarni ustuvor yo‘nalishlarga ajratish, favqulodda holatlar uchun moliyaviy zaxira shakllantirish va ortiqcha xarajatlarni kamaytirishning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, moliyaviy savodxonlikni oshirish, investitsiya vositalarini o‘rganish va birinchi investitsiyalarni amalga oshirishda risk va daromadlilik nisbatini hisobga olish masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida inflyatsiya davrida shaxsiy mablag‘larni boshqarishning tizimli yondashuvi moliyaviy xavflarni kamaytirish va uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarga erishishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslanadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Inflyatsiya va pul-kredit siyosati bo‘yicha tahliliy materiallar. – Toshkent.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati bo‘yicha statistik ma’lumotlar. – Toshkent.

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliyaviy savodxonlik va aholi moliyaviy xulq-atvoriga oid materiallar. – Toshkent.

Downloads

Published

2026-09-07